Duolar To‘plami – 7 ta tablichka, 9 xil duo, islomiy yog‘och esdalik quti
9 xil duo ✅
7 ta jamlanma✅
tilla rang
Ishlangan quti ✅
Duolar To‘plami – kundalik hayotda o‘qiladigan eng zarur duolar jamlangan ma’naviy to‘plam. Ushbu to‘plam tarkibida quyidagi duolar mavjud:
Oyatul Kursi
Hojatxonaga kirganda va chiqqanda o‘qiladigan duo
Tahoratdan so‘ng o‘qiladigan duo
Taomdan oldin va so‘ng o‘qiladigan duo
Uydan chiqayotganda o‘qiladigan duo
Uyga kirayotganda o‘qiladigan duo
Ulovga minganda o‘qiladigan duo
Har bir duo alohida taxtachaga joylashtirilgan bo‘lib, o‘qilishi qulay va aniq ko‘rinishda tayyorlangan. Taxtachalar sifatli yog‘ochdan ishlangan, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiladi. Maxsus o‘rnatish aksessuari bilan jihozlanganligi sababli ularni devorga yoki mebel yuzasiga oson va qulay o‘rnatish mumkin.
Ushbu to‘plam uy, ofis yoki masjid uchun ma’naviy eslatma sifatida juda mos bo‘lib, yaqinlarga mazmunli va foydali islomiy sovg‘a bo‘la oladi.