OMMAVIY
OFERTA
(O’zbekiston
Respublikasi Fuqorolik to’g’risidagi Kodeksning 369-
moddasiga ko’ra
ushbu ommaviy oferta yuridik shartnoma bilan teng
huquqqa ega
bo’lib, “IT-MAKER” MCHJ “100k.uz” Saytining huquqiy
jihatlarini o’z
ichiga oladi)
Atama va
tavsiflar
Axborot vositasi:
(Sayt) Faqat internet tizimi orqali savdo-hizmat ko’rsatish
faoliyati bilan
shug’ullanuvchi
Axborot
vositachisi: (Admin) Ijtimoiy tarmoqlar orqali o’ziga tegishli gruppa
va
yoki kanallarda
e’lon berish huqiqiga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Axborot
vositachisi sanalgan, hamda Saytning vakili vazifasini bajarib,
Sotuvchi va
Xaridor o’rtasida elektron reklama
aylanmasini
amalga
oshiruvchi
O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’tgan yuridik shaxs
yoki O’zbekiston
Respublikasida doimiy yashovchi va daromadidan soliq
to’lanishi
belgilangan jismoniy shaxs;
Sotuvchi:
Xaridorlar buyurtmasiga binoan tovarni
internet
platformasi orqali masofadan turib sotuvchi hamda tovarni kelgusida
Xaridorga
yuboruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Xaridor (Mijoz):
O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’gan yuridik
shaxs yoki
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, muomalaga
layoqatli 18
yoshga to’lgan jismoniy shaxs;
Ofertа:
Sotuvchining ma’lum shaxslar doirasiga qarata tovarlarni masofadan
turib
(distantsion)
xarid qilish to’risidagi
chakana savdo
shartnomasini
(kelgusida -
Shartnoma) tuzish haqidagi ommaviy taklifi. Bunda Shartnoma
mazkur hujjatdagi
va Sotuvchining saytidagi shartlari hamda internet-
Aksept: Xaridor tomonidan mazkur Ofertaning (Shartnoma)
shartlariga to’liq
va so’zsiz rozi
ekanligi va qabul qilishi;
Masofadan
turib
(distantsion)
xarid qilish to’g’risidagi
chakana savdo
shartnomasi:
(kelgusida
Shartnoma) Xaridor Sotuvchi
tomonidan taklif
qilingan, Internet-do’konlarda sotiladigan Tovar tavsifi bilan
tanishib
chiqqanidan so’ng tuziladigan, hamda Xaridor tomonidan to’gridan-
to’gri ushbu
Tovar bilan tanishib chiqish imkonini bermaydigan
chakana savdo
shartnomasi.
Shartnoma
tomonlari: Axborot vositasi (Sayt) /Axborot vositachisi(Admin) /
Sotuvchi
/Xaridor.
Buyurtma - Xaridor tomonidan tanlangan Tovar, uning narxi,
yetkazib berish
manzili,
Xaridorning ismi-sharifi yoki nomi, uning kontakt aloqa raqamlari va
mazkur hujjat
bilan belgilangan shakldagi boshqa ma’lumotlarni o’zida
mujassamlantirgan
elektron hujjat.
Tovar
(tovarlar)
Internet do’konlar tomonidan sotuvga qo’yiladigan va
Xaridorning
buyurtmasiga binoan Sotuvchi tomonidan masofadan turib
(distantsion)
sotib olinadigan va Xaridorga jo’natiladigan tovarlar.
Sayt Axborot
vositachi(Sayt) tomonidan Sotuvchiga mazkur Shartnomani
2. Umumiy
shartlar
2.1. Mazkur
Shartnoma va Internet-do’konlaridagi tovar taklifi ommaviy oferta
sanaladi.
2.2. Saytda
Tovarlarga buyurtma berib, ularni sotib olar ekan, Sotuvchi ushbu
Shartnomada
ko’rsatilgan barcha shartlarga rozi bo’lib, ularni qabul qiladi.
2.3. Tovarlarni
sotish joyi O’zbekiston respublikasi hududi.
2.4.
Axborot
vositasi(sayt) bir-tomonlama tartibda mazkur Shartnomaga
o’zgartirishlar
kiritish huquqiga ega.
2.5. Sotuvchi
Xaridor bilan oldindan kelishilmagan holda sotish jarayoniga
istalgan uchinchi
shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.
2.6. Saytdagi
barcha axborot materiallari ma’lumot uchun berilgan bo’lib,
Tovarning
hususiyatlari to’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni bera olmaydi.
Buyurtma berilgan
Tovar hususiyatlari borasida savollar paydo bo’lgan
hollarda, Xaridor
qo’shimcha ma’lumot olish uchun Axborot vositasi(sayt)
telefon aloqa
markaziga murojaat qilishi lozim.
2.7. Xaridor
Internet-do’konlar saytlarida sotib olingan Tovarni tadbirkorlik
maqsadlarida
ishlatmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
2.8. Saytdagi
yuklarni ortish va yetkazib berish sanalari, narxlar, omborda
mavjud mollar va
Tovar bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlar axborot
uchun keltirilgan
bo’lib Tomonlarga hech qanday yuridik ta’sir o’tkazmaydi.
Tovarlarni
yetkashib berish sanalari hamda ularning mavjudligi to’g’risidagi
ma’lumotlar
taxminiy bo’lib, Buyurtma berish vaqtida Tovarlarning Sotuvchi
omborida
mavjudligini ko’rsatadi.
2.9. Xaridor
Tovarlarni Internet-do’kon saytlaridan sotib olishini, hamda
Buyurtma
berilgandan to Tovar uchun to’lovni amalga oshirishgacha bo’lgan
vaqtdan boshlab
Tovar sotilib yuborilishi, assortiment va narxlarning
o’zgarishini
inobatga olgan holda, Tomonlar birlamchi Buyurtma o’zgarishi
yoki bekor
qilinishi mumkunligiga rozilik bildiradilar.
2.10. Tovarni
Xaridorga yetkazib berish uchun Sotuvchi uchinchi shaxslar
xizmatlaridan
foydalanishi mumkinligi va Xaridor tovarlarni o’zi mustaqil holda
olib chiqib
ketishining imkoni yo’qligini inobatga olgan holda, Xaridor
Buyurtma berish
jarayonida Sotuvchi Tovarni yetkazib berish haqqini talab
qilingan hajmda
to’lab berishga nisbatan hech qanday e’tiroz bildirmaslik
majburiyatini o’z
zimmasiga oladi. Sotuvchi yetkazib berish haqqini hujjat
asosida
tasdiqlamaydi.
3. Tovarga
buyurtma berish tartibi
3.1. Tovarni
Internet-do’kon saytlaridan sotib olish istagini bildirgan Xaridor,
Axborot
vositasi(Sayt)dan foydalanishni istagan Axborot vositachisi (Admin)
Saytda
keltirilgan Buyurtma namunasini to’ldirishi lozim. Faqat Xaridor Saytda
ro’yxatdan
o’tmagan holda ham buyurtma berish uchun aloqa markazi bilan
bog’lanishi
mumkin.
3.1.1. Axborot
vositachi(Admin)lar Saytda ro’yxatdan o’tishlari uchun unda
kerakli bandlar
va ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni ko’rsatmagan
shaxslar
ro’yxatdan o’tkazilmaydi. Saytda ro’yxatdan o’tish va kelgusida
Shaxsiy kabinetga
kirish uchun Admin ismi(login) va telefon raqamini kiritadi.
Sayt esa ushbu
foydalanuvchi ismi va parolini oshkor qilmaslik majburiyatini
o’z zimmasiga
oladi. Admin bir-tomonlama tartibda Shaxsiy kabinetdagi
Mening
ma’lumotlarim ustunidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritish
huquqiga ega.
Mening ma’lumotlarim ustunida keltirilgan va Adminga tegishli
bo’lgan
ma’lumotlar o’zgargan hollarda, u Axborot vositasi(Sayt)ga ushbu
o’zgartirishlar
to’risida xabardor qilishi shart.
3.1.2.
Foydalanuvchi saytda ro’yxatdan o’tgandan so’ng, Admin sifatida
faoliyatini davom
ettirishi uchun ushbu Saytda keltirilgan Buyurtma formasini
to’ldirish lozim.
Buyurtma formasida ko’rsatilishi majburiy bo’lgan ma’lumotlar
bor.
“Oqim yaratish”
va yoki shunga o’xshash ma’lumotlarni ko’rsatmagan
shaxslar Axborot
vositachisi(Admin) vazifasini bajara olmaydilar.
3.2. Saytda
Buyurtma berish vaqtidan boshlab
24 soat ichida
Axborot
vositasi(Sayt)
Admin profilidagi ma’lumotlar orqali Buyurtmani qabul
qilganligini
tasdiqlaydi va bunda Sotuvchi bilan telefon yoki elektron pochtasi
orqali
bog’lanadi, umuman Axborot vositasi(Sayt) tovarning Xaridorga
yetkazib
berilishigacha bo’lgan jarayonni ta’minlaydi. Buyurtma berishlik
Xaridor o’zi
tomonidan tanlangan Tovar haqqini to’lashga rozi ekanligini
bildiradi.
3.3. Xaridor
Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida berilgan ma’lumotlarning
mazmuni va
to’riligi uchun javobgardir.
3.4. Agarda
Buyurtma berish va to’lovni amalga oshirishgacha bo’lgan muddat
ichida
Internet-do’kon saytidagi Tovar mavjudligi, assortiment, Tovar
xususiyatlari va
uning narxi bilan bog’liq ma’lumotlar o’zgargan hollarda,
jarayon
tashkilotchisi bo’lgan Sayt bu haqida Xaridorni to’g’ridan-to’g’ri
xabardor qiladi.
Assortiment, Tovar xususiyatlari va narxi borasidagi
o’zgartirilgan
shartlarni qabul qilgandan so’ng, Sotuvchi Buyurtmani
o’zgartirishi
yoki bekor qilishi mumkin.
3.5. Buyurtmani
komplektlash uning tasdiqlangani va Sotuvchi Tovar uchun
haq olganidan
so’ng Sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmani
komplektlash
uchun maksimal muddat mazkur Shartnomaga ko’ra belgilanadi.
Sotuvchiga bog’liq
bo’lmagan sabablar bor bo’lganligida, Sotuvchi
Buyurtmaning
maksimal muddat ichida komplektasiya qilinishiga kafolat
bermaydi.
4. Tovar uchun
to’lovni amalga oshirish
4.1. Tovar narxi
Internet-do’kon saytlarida ko’rsatiladi. Tovar narxi odatda
yetkazib berish
qiymatini o’z ichiga oladi. Saytda ko’rsatilgan Tovar narxi
Internet-do’kon
ma’muriyati tomonidan bir-tomonlama tartibda o’zgartirilishi
mumkin.
4.2. Tovar narxi
joyigacha yetkazib berish narxni ham o’z ichiga oladi.
4.3. Tovar uchun
umumiy to’lov haqqini to’lash Xaridor tomonidan mahsulot
yetib borganidan
so’ng amalga oshiriladi.
4.4. Mahsulot tan
narxidan tashqari bo’lgan foyda uch tomon uchun tegishli
tartibda
taqsimlanadi va odatda Axborot vositasi(Sayt) 10 000 so’m - 40 000
so’m oralig’ida
tashkilotchiligi uchun daromad ko’radi.
5. Tovarni
yetkazib berish. Egalik qilish huquqini o’tkazish
5.1. Tovar
Xaridorga u
tomonidan Buyurtma namunasda ko’rsatilgan
manzilga quyidagi
muddatlarda yetkazib beriladi:
Toshkent shahri
bo’ylab:
24 soat
ichida
(Toshkentdagi
omborga yetib
kelgandan
keyin)
Viloyatlar
bo’ylab: 48-120 soat ichida manzil joylashuviga ko’ra;
Yuqorida
keltirilgan yetkazib berish muddatlari Sotuvchi tomonidan bir-
tomonlama
tartibda unga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan sabablarga
ko’ra
o’zgartirilishi ham mumkin.
5.2. Tovarlarni
Xaridor tomonidan ko’rsatilgan joyga yetkazib berish uchun
Sotuvchi
kuryerlik kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
5.3. Agarda Tovar
oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyga yetkazib
berilgan bo’lsa,
ammo Xaridorning aybi bilan unga topshirilmagan bo’lsa,
kelgusida Tovar
yetkazib berilmaydi va Buyurtma bekor qilinadi.
5.4. Tovarni
Xaridorga yetkazib berishda unga ilova qilingan hujjat
(yo’l-
transport hujjati
va boshqa shunga o’xshash hujjat), hamda Xaridor tomonidan
Saytda
to’ldirilgan Buyurtma blankasi beriladi.
5.5. Tovarga
egalik qilish huquqi Xaridorga uning tomonidan Tovarni
Sotuvchidan/kuryerlik xizmati vakilidan qabul qilish vaqtida, Tovarni qabul qilib
olganlik
to’risidagi hujjatlarning imzolanishi vaqtidan o’kaziladi.
5.6. Agarda
Buyurtmani komplektasiya qilishga ajratilgan maksimal muddat
(yetkazib berish
muddatini hisobga olganda) o’tib ketgan bo’lsa, lekin yetkazib
berish hizmati
Buyurtmani olib keta olmagan bo’lsa, yetkazib berish muddati
o’zgartirilishi
mumkin. Bunda Sayt Xaridorni Tovar eltib berish muddati
uzaytirilganligi
to’risida xabardor qiladi.
5.7. Xaridor
Tovarni uning soni, nomi va sifatiga baho bergan holda qabul qilib
oladi va bunda
uning to’liqligini Tovar harid qilish hujjatlariga
(Buyurtman
blankasi) muvofiq
tekshiradi. Tovar soni, sifati va/yoki assortimentiga nisbatan
hech qanday
e’tiroz bo’lmagan hollarda, Xaridor majburiy ravishda Buyurtma
blankasiga 2
(ikki) nusxada imzo chekishi lozim. Bunda nusxalardan biri
Xaridorga taqdim
etiladi.
5.8. Tovarni
faqatgina Buyurtma nomiga yozilgan shaxs qabul qila oladi.
Buyurtmani qabul
qilish vaqtida Xaridor kuryerga pasportini yoki boshqa
turdagi shaxsni
tasdiqlovchi hujjatni (haydovchilik guvohnomasi yoki harbiy
bilet) ko’rsatgan
holda o’z shaxsini tasdiqlashi kerak.
5.9. Quyidagi
hollarda kuryer Xaridorga Buyurtmani bermaslikka haqlidir:
- Buyurtmani
qabul qilib olayotgan shaxs shaxsni tasdiqlovchi hujjatni
ko’rsatmaganida;
- Xaridor
Buyurtma blankasiga va/yoki Tovarni eltib berish to’risidagi ilova
qilingan hujjatga
imzo chekishdan bosh tortganida;
- Tovarni
Buyurtmada ko’rsatilmagan shaxs qabul qilganida;
- Buyurtmani
voyaga yetmagan yoqi layoqatsiz shaxs qabul qilib olayotganda;
hamda
- Qonunchilik,
mazkur Shartnoma yoki tegishli hujjatlarda belgilangan boshqa
hollarda,
jumladan, kuryerlik xizmatini tartibga soluvchi hujjatlarda keltirilgan
hollarda.
Yuqoridagi kabi
hollarda kuryer Buyurtmani Xaridorga bermaganida,
Buyurtma
Sotivchiga qaytariladi va bekor qilinadi. Bunda Kuryer oldindan
yetkazib berish
muddatlari va joyini kelishib oladi.
5.10. Buyurtmani
qabul qilish vaqtida Xaridor Buyurtmani to’liq yoki qisman
rad etishi
mumkin. Buyurtma to’liq yoki qisman bekor qilingan hollarda,
Xaridor Buyurtma
blankasi va ilova qilingan hujjatga imzo chekishga va uni
kuryerga taqdim
qilishga majburdir. Xaridor Buyurtmani to’liq yoki qisman rad
etganida,
Buyurtma kuryer tomonidan Sotuvchiga qaytariladi va Sotuvchi, o’z
o’rnida
Buyurtmani to’liq yoki qisman bekor qiladi.
5.11. Tovarni
eltib berish sharti bilan sotib olish Xaridorga Tovar yuzasidan
kafolat muddati
ichida xizmat ko’rsatish, uni o’zgartirib berish yoki qaytarish
zarurati
tug’ilgan kezlarda Tovarni eltib berishni talab qilish huquqini bermaydi.
Tovarni eltib
berish sharti bilan harid qilishda Tovarni yetkazib berish haqqi
qaytarib
berilmaydi, hattoki Sotuvchi Xaridorga Tovar haqqini qaytarib berishi
kerak bo’lgan
hollarda ham.
Buyurtma bekor
qilinganida kuryer haqqi
Xaridordan
olinadi.
5.12. Xaridorga
kuryer tomonidan Buyurtma berilgan va Buyurtma eltib
berilganligi
to’risidagi hujjatlarga
(Buyurtma
blankasi, ilova qilingan hujjat)
tegishli imzolar
chekilgan paytdan boshlab Tovarning behosdan buzilishi yoki
unga shikast
yetish havfi Xaridor zimmasiga yuklanadi.
6. Buyurtmani
bekor qilish. Tovarni qaytarish va almashtirish
6.1. Agarda Tovar
xususiyatlari, sifati va soniga ko’ra Buyurtmadagi Tovarga
mos kelmasa,
Xaridor Tovarni qabul qilish vaqtida uni rad etishi mumkin.
6.2. Xaridor
Buyurtmani qabul qilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida sifati
yomon bo’lgan
Tovarni qaytarib berish huquqiga ega.
6.3. Tovar
faqatgina kuryerlik kompaniyasi orqali qaytarilishi mumkin.
6.4. Xaridor
tomonidan qaytarilgan Tovar uchun to’langan qiymat Xaridorning
“23120” tranzit
raqamli bank hisobiga o’tkazib beriladi. Bunda bank hisob
raqami Xaridor
tomonidan Tovarni qaytarsh talabnomasida ko’rsatiladi.
6.6. Agarda Tovar
ma’lum alohida xususiyatlarga ega bo’lsa, hamda u
faqatgina Xaridor
tomonidan qo’llashga yaroqli bo’lsa, Tovar qaytarib
olinmaydi.
6.7. Tovar
masofadan turib sotib olinishini hisobga olgan holda, sifatli Tovar
shunga o’xshash
boshqa rangdagi, fasondagi Tovarga o’zgartirilib berilmaydi.
6.8. Tovarni
qayatarib berish va almashtirish Tovarni qabul qilish, almashtirish
va qaytarish
Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Da’vo
talablarini bildirish
7.1. Agarda Tovar
Xaridorga Shartnomada ko’rsatilgan Tovar soni,
assortimenti,
sifati, to’liq emasligiga ko’ra Xaridor Tovarni rad qilishi mumkin.
Tovarni qabul
qilgandan va Buyurtma blankasi imzolanganidan so’ng Sayt
tomonidan da’vo
talablari qabul qilinmaydi;
7.2. Agarda
kafolat muddati ichida Tovarning kamchiliklari yuzaga chiqqan
bo’lsa, Xaridor
Axborot vositasi (Sayt)ga nisbatan da’vo talabini berishga
haqli.
7.3. Tovar
Xaridorga eltib berilgan kundan boshlab 5 ish kuni o’tganidan so’ng
(kafolat muddati)
Sotuvchi Tovarni qabul qilmaydi.
7.4. Agarda Tovar
kamchiliklari yuzasidan baxslar kelib chiqqan hollarda,
Sotuvchi, Axborot
vositasi (Sayt) yoki Xaridor Tovar ekspertizasini o’tkazish
huquqiga ega.
Agarda Sotuvchi hisobidan o’tkazilgan ekspertiza xulosasiga
ko’ra Tovardagi
kamchiliklar Sotuvchi
(ishlab
chiqaruvchi)aybi bilan kelib
chiqmaganligi
tasdiqlansa, Xaridor bunday ekspertiza harajatlarini qoplab
berishga
majbur.
8.
Javobgarlik
8.1. Saytda
buyurtmani to’ldirishda Xaridor shunga rozilik beradiki, bunda
Sotuvchi tomonidan
Buyurtmani qisman yoki to’liq bajarishning imkoni
bo’lmaganida,
Xaridor Sotuvchidan majburiyatlarni bajara olmaganligi uchun
to’lov yoki
boshqa jarima qiymatlarini talab qilish yoki buyurtmani
bajarmaganlik
holatlari bilan bog’liq boshqa bir zararni qoplab berishni talab
qilish huquqiga
ega emas. Bunda Shartnomada ko’zda tutilgan holatlar
istisnodir.
8.2. Qo’ldan boy
berilgan foyda, ma’naviy zarar yoki Buyurtma bajarishni
kechiktirish,
yohud uni bajarmaslik bilan bog’liq bo’lgan boshqa holatlar
yuzasidan
bildirilgan da’vo talablari Axborot vositasi (Sayt) tomonidan qabul
qilinmaydi.
8.3. Axborot
vositasi
(Sayt)ning
Xaridor oldidagi javobgarligi Xaridor
tomonidan
buyurtirilgan Tovar narxi bilan cheklangandir.
9. Boshqa
shartlar
9.1. Xaridor
Sotuvchiga taqdim etilgan o’zi, manzili haqidagi axborotlar,
hamda Tomonlar
Tovarni sotishi va uning haqqini to’lashi uchun zarur bo’lgan
boshqa
ma’lumotlarning to’griligiga javob beradi. Agarda Xaridor tomonidan
noto’g’ri
ma’lumot berilganligi sababli Axborot vositasi
(Sayt)
Buyurtmaga
yuzasidan o’z
majburiyatlarni bajara olmasa, Sotuvchi Buyurtmani
bajarmaganlik
uchun javobgar sanalmaydi. Tovarni qayta eltib berish, hamda
Sotuvchining
boshqa harakatlari Tomonlar kelishuviga binoan, Xaridorga
tegishli
harajatlarni qoplash majburiyati yuklatilganidan so’ng amalga
oshiriladi.
9.2. Xaridor
mazkur Shartnoma shartlarini qabul qilishda, ushbu va Saytda
ko’rsatilgan
boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.
10. Shartnomaga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
10.1. Sotuvchi
mazkur Shartnoma va Saytda chop etilgan boshqa istalgan
hujjatlardagi
shartlarni Xaridor manfaatlariga zid bo’lmagan tarzda o’zgartirish
huquqiga ega.
Bunda Sotuvchi eslatib o’tilgan hujjatlarga kiritilgan
o’zgartirishlar
to’risida Xaridorni xabardor qilishga majbur emas. Ushbu
Shartnomaga
kiritilgan barcha o’zgartirishlar Xaridor tomonidan majburiy
ravishda
bajarilishi kerak. O’zgartirishlar Saytning asosiy sahifasida e’lon
qilingan paytdan
boshlab uch kunlik muddat o’tishi bilan qabul qilingan
hisoblanadi.
Xaridor tomonidan yangi tahrirdagi hujjatlar qabul qilinmagan
hollarda, u
buyurtmani bekor qilishi va Sotuvchini buyurtma bekor qilinganligi
to’risida
xabardor qilishi shart.
11. Baxslarni
ko’rib chiqish
11.1. Axborot
vositasi (Sayt) va Sotuvchi va Xaridor yuzaga kelgan barcha
baxs va
kelishmovchiliklarni muzokara yo’li bilan hal qilish majburiyatini o’z
zimmasiga
oladilar. Xaridor da’vo talablarini quyidagicha yuborishi mumkin:
- 93 541-75-64
telefon raqami yoki info@100k.uz elektron pochtasi orqali
11.2. Sotuvchi
Xaridor da’vo talabini da’voni olgan kundan boshlab 10 ish kuni
ichida o’rganib
chiqadi.
11.3. Baxsni
muzokara yo’li bilan hal qilishning imkoni bo’lmaganda, u Axborot
vositasi
(Sayt) yoki
Sotuvchi joylashgan joydagi sud tomonidan ko’rib
chiqiladi.
12. Intellektual
mulk
12.1. Xaridor
shuni qabul qiladikim, barcha savdo belgilari, nomlar, patentlar,
mualliflik
huquqlari, ma’lumotlar bazasi, ro’yhatga olingan va olinmagan
obyektlarga
nisbatan barcha huquqlar, Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab
chiqaruvchilariga, yohud Internet-do’kon egalariga tegishlidir.
12.2. Xaridor
Axborot vositasi (Sayt)ga, Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab
chiqaruvchilariga, yohud Internet-do’kon egalariga tegishli bo’lgan intellektual
huquqlarni
ro’yhatdan o’tkazish yoki ulardan foydalanish huquqiga ega emas.
12.3. Saytdagi
barcha matnli axborotlar va grafik rasmlar Sotuvchi, Tovar
ishlab
chiqaruvchilari yoki Internet-do’kon egalarining mulki hisoblanadi.
Mazkur
axborotlardan foydalanish mualliflik huquqini himoya qilish to’risidagi
qonunchilik bilan
ta’qib qilinadi.
12.4. Saytdagi
materiallarni qayta bosmadan chiqarish, ularni ko’chirish va
tarqatish
faqatgina Sotuvchining yozma ruhsati bilan amalga oshiriladi.
13.
Mahfiylik
13.1. Buyurtma
berish yoki Saytda ro’yhatdan o’tishda Xaridor tegishli
formalarni
to’ldiradi va quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi: ism-sharif, kontakt
aloqa raqamlari,
e-mail, Buyurtmani eltib berish manzili.
13.4. Axborot
vositasi (Sayt), Sotuvchi va Axborot vositachisi(Admin) Xaridor
tomonidan taqdim
etilgan ma’lumotlarning havfsizligini ta’minlash va shaxsiy
ma’lumotlarni
himoya qilish to’risidagi qonunchilikka binoan ularni maxviylikda
saqlashga
majburdirlar.
13.5. Xaridor
shunga rozilik bildiradikim, bunda Sotuvchi buyurtmada Xaridor
tomonidan
ko’rsatilgan elektron pochta manziliga turli xil axborot va reklama
xabarlarini
yuborishi mumkin. Xaridor bu kabi xabarlarni olishdan bosh tortishi
va bunda
sabablarni ko’rsatmaslik huquqiga ega. Tegishli Buyurtma yoki unga
ishlov berish
to’g’risidagi xabarlar Xaridor tomonidan rad etilishi mumkin
emas.
+998 93 5417564
info@100k.uz