Baqirmaydigan onalar, Xadicha Kubro Tongar
- Farzandingizni hurmat qilasizmi?
- Albatta, yaxshi ko‘rasizmi deb so‘ramoqchi emasmiz, chunki millati, irqi, dinidan qatʼiy nazar ona maqomidagi zot borki, farzandini o‘z jonidan bir necha karra ortiq sevishi, shubhasiz!
- Ammo Yaratgandan beg‘ubor bir omonat, go‘zal hadya bo‘lmish bolamizga munosib munosabat ko‘rsatish, farzand tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermasligi rost.
- Qo‘lingizdagi mazkur kitobni nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qib ibrat olishlarini tavsiya qilamiz.
- Muallif bolalarga “bizniki” deb qarash noto‘g‘ri ekani, aksincha, biz bor-yo‘g‘i egasining oldidagi bir omonatchi ekanligimizni eslatib, farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarimizni mutlaqo o‘zgartiradi, xatolarimizga oyna tutadi.