📖 “Binafsha shu’lasi” kitobidan (tahrirlangan parcha)

119,000 so'm

Buyurtma berish

Mahsulot narxi: 119,000 so'm

Yetqazib berish narxi: 30,000 so'm

📖 “Binafsha shu’lasi” kitobidan

— Nega bunchalar xursandsan? — deb so‘radi Amin.

Hayo irjaygancha javob qaytardi:
— Chunki yangi kitob o‘qiyman!

Amin tokchalarni ko‘zdan kechirib so‘radi:
— “Apelsin ifori” kitobi qanday ekan?

Hayoning afti o‘zgardi. U boshini quyi solib, hazin ohangda dedi:
— Biroz oldinroq, otam o‘qimasinlar deb, uni olovga irg‘itib yuborishga majbur bo‘lganimni sizga aytganmidim?..

Amin qo‘lini cho‘zib, tokchadan bir kitobni oldi:
— Kitobning qadri varaqlari bilan emas, mazmuni bilan o‘lchanadi.

— Uni asray olmaganim uchun mendan jahlingiz chiqyaptimi?

Amin qo‘lidagi kitobni Hayoning oldidagi stolga qo‘ydi:
— Yo‘q.

Hayo kitobga e’tibor qaratmay dedi:
— Inson zoti borki, jahli chiqadi!

— G‘azab — qabrga eltuvchi eng qisqa yo‘ldir… Vaqtim biror narsaga g‘azab qilishdan ko‘ra ancha qimmatliroq. Sen buni o‘qigan kitoblaringdan va ko‘zing bilan ko‘rgan vaziyatlaringdan anglab yetgan bo‘lsang kerak, deb o‘ylayman.

Hayo oldiga qo‘yilgan kitob sarlavhasiga nazar soldi:
“Bizni satr qilib turgan avrat”…

📚 “Binafsha shu’lasi” kitobidan

📖 “Binafsha shu’lasi” kitobidan (tahrirlangan parcha)

Hayo kitob sahifasiga razm solgancha kuldi:
— Ha, tabiiyki, ularning hech biri sizning kitoblaringizga teng kela olmaydi, albatta!

Amin:
— …

Hayoning yuzi tabassumdan mahzunlikka o‘zgardi. U qo‘lidagi kitobning keyingi sahifasiga nazar tashladi.
— Lekin men o‘zingizga kelmaguningizcha ularning birortasini ham o‘qimayman, deb qasam ichganman… Xavotir olmang, yerto‘la eshigini yaxshilab yopib, uyingizga soqchilar tayinlab qo‘yganman. Siz qaytguningizcha u yerni qo‘riqlashadi.

Amin:
— …

Hayo jilmaygancha kitobni yopdi.
— Bu kitobni kutubxonadan oldim-da, shu yerga keldim… Sarlavhasi o‘ziga jalb qildi. O‘zi ham qiziqarli bo‘lsa kerak, deb umid qilaman.

Yarim soatlik ovoz chiqarib qilingan mutolaadan so‘ng Hayo o‘qishni to‘xtatdi. Kitobni yopib, muqovasiga qaradi:
— Muallif bunaqa gaplarni yozishga jur’atni qayerdan oldi ekan-a? Bu bekorchi safsataga nom qo‘yishga uyalmaydimi?

Ko‘zi yumuq yotgan Amin asta tilga kirdi:
— Men senga yomon kitob bo‘lmaydi, demaganmidim?..

📘 “Binafsha shu’lasi” kitobidan

Sotuvchining boshqa mahsulotlari

Slim Body – Magnitli qomatni ozdiruvchi va tortuvchi
Slim Body – Magnitli qomatni ozdiruvchi va tortuvchi
57,000 74,000 so'm
buyurtmalar: 1504
Bosimni o'lchash uchun avtomatik elektron tonometr
Bosimni o'lchash uchun avtomatik elektron tonometr
97,000 219,000 so'm
buyurtmalar: 4308
3D kristall tungi ballon, stressga qarshi, stol usti, shisha, chiroq, sovg‘a
3D kristall tungi ballon, stressga qarshi, stol usti, shisha, chiroq, sovg‘a
99,000 so'm
buyurtmalar: 4476
POWER BANK 10000mAh KAKUSIGA tashqi quvvat banki, Type-C, 2 USB va zaryad indikatori bilan
POWER BANK 10000mAh KAKUSIGA tashqi quvvat banki, Type-C, 2 USB va zaryad indikatori bilan
99,000 so'm
buyurtmalar: 4477
Antizang Kuchli Kir va Nalyotni Tozalovchi Vosita - 1L Effektiv Tozalash
Antizang Kuchli Kir va Nalyotni Tozalovchi Vosita - 1L Effektiv Tozalash
59,000 so'm
buyurtmalar: 4056
Dumaloq Chuchvara Tayyorlash Qurilmasi - Praktik Oshxona Yordamchisi
Dumaloq Chuchvara Tayyorlash Qurilmasi - Praktik Oshxona Yordamchisi
54,000 70,000 so'm
buyurtmalar: 1354
Slim Body – Magnitli qomatni ozdiruvchi va tortuvchi
Slim Body – Magnitli qomatni ozdiruvchi va tortuvchi
57,000 74,000 so'm
buyurtmalar: 1504
Qorin bo'shlig'i uchun press rolik - Ergonomik tutqichlar va tirsaklarni qo'llab-quvvatlash
Qorin bo'shlig'i uchun press rolik - Ergonomik tutqichlar va tirsaklarni qo'llab-quvvatlash
109,000 165,000 so'm
buyurtmalar: 2456
Vibroplatforma massajor - fitness tebranish moslamasi, to'liq tanani mashq moslamasi
Vibroplatforma massajor - fitness tebranish moslamasi, to'liq tanani mashq moslamasi
727,000 945,000 so'm
buyurtmalar: 1814