OMMAVIY OFERTA
(O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik to’g’risidagi Kodeksning 369-
moddasiga ko’ra ushbu ommaviy oferta yuridik shartnoma bilan teng
huquqqa ega bo’lib, “IT-MAKER” MCHJ “100k.uz” Saytining huquqiy
jihatlarini o’z ichiga oladi)
Atama va tavsiflar
Axborot vositasi: (Sayt) Faqat internet tizimi orqali savdo-hizmat ko’rsatish
faoliyati bilan shug’ullanuvchi
www.100k.uz” sayti;
Axborot vositachisi: (Admin) Ijtimoiy tarmoqlar orqali o’ziga tegishli gruppa va
yoki kanallarda e’lon berish huqiqiga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Axborot vositachisi sanalgan, hamda Saytning vakili vazifasini bajarib,
Sotuvchi va Xaridor o’rtasida elektron reklama
aylanmasini amalga
oshiruvchi O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’tgan yuridik shaxs
yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va daromadidan soliq
to’lanishi belgilangan jismoniy shaxs;
Sotuvchi: Xaridorlar buyurtmasiga binoan tovarni
www.100k.uz” Vositachi
internet platformasi orqali masofadan turib sotuvchi hamda tovarni kelgusida
Xaridorga yuboruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Xaridor (Mijoz): O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yhatidan o’gan yuridik
shaxs yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, muomalaga
layoqatli 18 yoshga to’lgan jismoniy shaxs;
Ofertа: Sotuvchining ma’lum shaxslar doirasiga qarata tovarlarni masofadan
turib
(distantsion) xarid qilish to’risidagi
chakana savdo shartnomasini
(kelgusida - Shartnoma) tuzish haqidagi ommaviy taklifi. Bunda Shartnoma
mazkur hujjatdagi va Sotuvchining saytidagi shartlari hamda internet-
do’kon(www.100k.uz) shartlari asosida tuziladi;
Aksept: Xaridor tomonidan mazkur Ofertaning (Shartnoma) shartlariga to’liq
va so’zsiz rozi ekanligi va qabul qilishi;
Masofadan turib
(distantsion) xarid qilish to’g’risidagi
chakana savdo shartnomasi:
(kelgusida Shartnoma) Xaridor Sotuvchi
tomonidan taklif qilingan, Internet-do’konlarda sotiladigan Tovar tavsifi bilan
tanishib chiqqanidan so’ng tuziladigan, hamda Xaridor tomonidan to’gridan-
to’gri ushbu Tovar bilan tanishib chiqish imkonini bermaydigan
chakana savdo shartnomasi.
Shartnoma tomonlari: Axborot vositasi (Sayt) /Axborot vositachisi(Admin) /
Sotuvchi /Xaridor.
Buyurtma - Xaridor tomonidan tanlangan Tovar, uning narxi, yetkazib berish
manzili, Xaridorning ismi-sharifi yoki nomi, uning kontakt aloqa raqamlari va
mazkur hujjat bilan belgilangan shakldagi boshqa ma’lumotlarni o’zida
mujassamlantirgan elektron hujjat.
Tovar
(tovarlar) Internet do’konlar tomonidan sotuvga qo’yiladigan va
Xaridorning buyurtmasiga binoan Sotuvchi tomonidan masofadan turib
(distantsion) sotib olinadigan va Xaridorga jo’natiladigan tovarlar.
Sayt Axborot vositachi(Sayt) tomonidan Sotuvchiga mazkur Shartnomani
amalga oshirish maqsadida taqdim etilgan https://100k.uz sayti.
2. Umumiy shartlar
2.1. Mazkur Shartnoma va Internet-do’konlaridagi tovar taklifi ommaviy oferta
sanaladi.
2.2. Saytda Tovarlarga buyurtma berib, ularni sotib olar ekan, Sotuvchi ushbu
Shartnomada ko’rsatilgan barcha shartlarga rozi bo’lib, ularni qabul qiladi.
2.3. Tovarlarni sotish joyi O’zbekiston respublikasi hududi.
2.4.
Axborot vositasi(sayt) bir-tomonlama tartibda mazkur Shartnomaga
o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
2.5. Sotuvchi Xaridor bilan oldindan kelishilmagan holda sotish jarayoniga
istalgan uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.
2.6. Saytdagi barcha axborot materiallari ma’lumot uchun berilgan bo’lib,
Tovarning hususiyatlari to’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni bera olmaydi.
Buyurtma berilgan Tovar hususiyatlari borasida savollar paydo bo’lgan
hollarda, Xaridor qo’shimcha ma’lumot olish uchun Axborot vositasi(sayt)
telefon aloqa markaziga murojaat qilishi lozim.
2.7. Xaridor Internet-do’konlar saytlarida sotib olingan Tovarni tadbirkorlik
maqsadlarida ishlatmaslik majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
2.8. Saytdagi yuklarni ortish va yetkazib berish sanalari, narxlar, omborda
mavjud mollar va Tovar bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlar axborot
uchun keltirilgan bo’lib Tomonlarga hech qanday yuridik ta’sir o’tkazmaydi.
Tovarlarni yetkashib berish sanalari hamda ularning mavjudligi to’g’risidagi
ma’lumotlar taxminiy bo’lib, Buyurtma berish vaqtida Tovarlarning Sotuvchi
omborida mavjudligini ko’rsatadi.
2.9. Xaridor Tovarlarni Internet-do’kon saytlaridan sotib olishini, hamda
Buyurtma berilgandan to Tovar uchun to’lovni amalga oshirishgacha bo’lgan
vaqtdan boshlab Tovar sotilib yuborilishi, assortiment va narxlarning
o’zgarishini inobatga olgan holda, Tomonlar birlamchi Buyurtma o’zgarishi
yoki bekor qilinishi mumkunligiga rozilik bildiradilar.
2.10. Tovarni Xaridorga yetkazib berish uchun Sotuvchi uchinchi shaxslar
xizmatlaridan foydalanishi mumkinligi va Xaridor tovarlarni o’zi mustaqil holda
olib chiqib ketishining imkoni yo’qligini inobatga olgan holda, Xaridor
Buyurtma berish jarayonida Sotuvchi Tovarni yetkazib berish haqqini talab
qilingan hajmda to’lab berishga nisbatan hech qanday e’tiroz bildirmaslik
majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Sotuvchi yetkazib berish haqqini hujjat
asosida tasdiqlamaydi.
3. Tovarga buyurtma berish tartibi
3.1. Tovarni Internet-do’kon saytlaridan sotib olish istagini bildirgan Xaridor,
Axborot vositasi(Sayt)dan foydalanishni istagan Axborot vositachisi (Admin)
Saytda keltirilgan Buyurtma namunasini to’ldirishi lozim. Faqat Xaridor Saytda
ro’yxatdan o’tmagan holda ham buyurtma berish uchun aloqa markazi bilan
bog’lanishi mumkin.
3.1.1. Axborot vositachi(Admin)lar Saytda ro’yxatdan o’tishlari uchun unda
kerakli bandlar va ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni ko’rsatmagan
shaxslar ro’yxatdan o’tkazilmaydi. Saytda ro’yxatdan o’tish va kelgusida
Shaxsiy kabinetga kirish uchun Admin ismi(login) va telefon raqamini kiritadi.
Sayt esa ushbu foydalanuvchi ismi va parolini oshkor qilmaslik majburiyatini
o’z zimmasiga oladi. Admin bir-tomonlama tartibda Shaxsiy kabinetdagi
Mening ma’lumotlarim ustunidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritish
huquqiga ega. Mening ma’lumotlarim ustunida keltirilgan va Adminga tegishli
bo’lgan ma’lumotlar o’zgargan hollarda, u Axborot vositasi(Sayt)ga ushbu
o’zgartirishlar to’risida xabardor qilishi shart.
3.1.2. Foydalanuvchi saytda ro’yxatdan o’tgandan so’ng, Admin sifatida
faoliyatini davom ettirishi uchun ushbu Saytda keltirilgan Buyurtma formasini
to’ldirish lozim. Buyurtma formasida ko’rsatilishi majburiy bo’lgan ma’lumotlar
bor.
“Oqim yaratish” va yoki shunga o’xshash ma’lumotlarni ko’rsatmagan
shaxslar Axborot vositachisi(Admin) vazifasini bajara olmaydilar.
3.2. Saytda Buyurtma berish vaqtidan boshlab
24 soat ichida Axborot
vositasi(Sayt) Admin profilidagi ma’lumotlar orqali Buyurtmani qabul
qilganligini tasdiqlaydi va bunda Sotuvchi bilan telefon yoki elektron pochtasi
orqali bog’lanadi, umuman Axborot vositasi(Sayt) tovarning Xaridorga
yetkazib berilishigacha bo’lgan jarayonni ta’minlaydi. Buyurtma berishlik
Xaridor o’zi tomonidan tanlangan Tovar haqqini to’lashga rozi ekanligini
bildiradi.
3.3. Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida berilgan ma’lumotlarning
mazmuni va to’riligi uchun javobgardir.
3.4. Agarda Buyurtma berish va to’lovni amalga oshirishgacha bo’lgan muddat
ichida Internet-do’kon saytidagi Tovar mavjudligi, assortiment, Tovar
xususiyatlari va uning narxi bilan bog’liq ma’lumotlar o’zgargan hollarda,
jarayon tashkilotchisi bo’lgan Sayt bu haqida Xaridorni to’g’ridan-to’g’ri
xabardor qiladi. Assortiment, Tovar xususiyatlari va narxi borasidagi
o’zgartirilgan shartlarni qabul qilgandan so’ng, Sotuvchi Buyurtmani
o’zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin.
3.5. Buyurtmani komplektlash uning tasdiqlangani va Sotuvchi Tovar uchun
haq olganidan so’ng Sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmani
komplektlash uchun maksimal muddat mazkur Shartnomaga ko’ra belgilanadi.
Sotuvchiga bog’liq bo’lmagan sabablar bor bo’lganligida, Sotuvchi
Buyurtmaning maksimal muddat ichida komplektasiya qilinishiga kafolat
bermaydi.
4. Tovar uchun to’lovni amalga oshirish
4.1. Tovar narxi Internet-do’kon saytlarida ko’rsatiladi. Tovar narxi odatda
yetkazib berish qiymatini o’z ichiga oladi. Saytda ko’rsatilgan Tovar narxi
Internet-do’kon ma’muriyati tomonidan bir-tomonlama tartibda o’zgartirilishi
mumkin.
4.2. Tovar narxi joyigacha yetkazib berish narxni ham o’z ichiga oladi.
4.3. Tovar uchun umumiy to’lov haqqini to’lash Xaridor tomonidan mahsulot
yetib borganidan so’ng amalga oshiriladi.
4.4. Mahsulot tan narxidan tashqari bo’lgan foyda uch tomon uchun tegishli
tartibda taqsimlanadi va odatda Axborot vositasi(Sayt) 10 000 so’m - 40 000
so’m oralig’ida tashkilotchiligi uchun daromad ko’radi.
5. Tovarni yetkazib berish. Egalik qilish huquqini o’tkazish
5.1. Tovar
Xaridorga u tomonidan Buyurtma namunasda ko’rsatilgan
manzilga quyidagi muddatlarda yetkazib beriladi:
Toshkent shahri bo’ylab:
24 soat ichida
(Toshkentdagi omborga yetib
kelgandan keyin)
Viloyatlar bo’ylab: 48-120 soat ichida manzil joylashuviga ko’ra;
Yuqorida keltirilgan yetkazib berish muddatlari Sotuvchi tomonidan bir-
tomonlama tartibda unga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan sabablarga
ko’ra o’zgartirilishi ham mumkin.
5.2. Tovarlarni Xaridor tomonidan ko’rsatilgan joyga yetkazib berish uchun
Sotuvchi kuryerlik kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
5.3. Agarda Tovar oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyga yetkazib
berilgan bo’lsa, ammo Xaridorning aybi bilan unga topshirilmagan bo’lsa,
kelgusida Tovar yetkazib berilmaydi va Buyurtma bekor qilinadi.
5.4. Tovarni Xaridorga yetkazib berishda unga ilova qilingan hujjat
(yo’l-
transport hujjati va boshqa shunga o’xshash hujjat), hamda Xaridor tomonidan
Saytda to’ldirilgan Buyurtma blankasi beriladi.
5.5. Tovarga egalik qilish huquqi Xaridorga uning tomonidan Tovarni
Sotuvchidan/kuryerlik xizmati vakilidan qabul qilish vaqtida, Tovarni qabul qilib
olganlik to’risidagi hujjatlarning imzolanishi vaqtidan o’kaziladi.
5.6. Agarda Buyurtmani komplektasiya qilishga ajratilgan maksimal muddat
(yetkazib berish muddatini hisobga olganda) o’tib ketgan bo’lsa, lekin yetkazib
berish hizmati Buyurtmani olib keta olmagan bo’lsa, yetkazib berish muddati
o’zgartirilishi mumkin. Bunda Sayt Xaridorni Tovar eltib berish muddati
uzaytirilganligi to’risida xabardor qiladi.
5.7. Xaridor Tovarni uning soni, nomi va sifatiga baho bergan holda qabul qilib
oladi va bunda uning to’liqligini Tovar harid qilish hujjatlariga
(Buyurtman
blankasi) muvofiq tekshiradi. Tovar soni, sifati va/yoki assortimentiga nisbatan
hech qanday e’tiroz bo’lmagan hollarda, Xaridor majburiy ravishda Buyurtma
blankasiga 2 (ikki) nusxada imzo chekishi lozim. Bunda nusxalardan biri
Xaridorga taqdim etiladi.
5.8. Tovarni faqatgina Buyurtma nomiga yozilgan shaxs qabul qila oladi.
Buyurtmani qabul qilish vaqtida Xaridor kuryerga pasportini yoki boshqa
turdagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (haydovchilik guvohnomasi yoki harbiy
bilet) ko’rsatgan holda o’z shaxsini tasdiqlashi kerak.
5.9. Quyidagi hollarda kuryer Xaridorga Buyurtmani bermaslikka haqlidir:
- Buyurtmani qabul qilib olayotgan shaxs shaxsni tasdiqlovchi hujjatni
ko’rsatmaganida;
- Xaridor Buyurtma blankasiga va/yoki Tovarni eltib berish to’risidagi ilova
qilingan hujjatga imzo chekishdan bosh tortganida;
- Tovarni Buyurtmada ko’rsatilmagan shaxs qabul qilganida;
- Buyurtmani voyaga yetmagan yoqi layoqatsiz shaxs qabul qilib olayotganda;
hamda
- Qonunchilik, mazkur Shartnoma yoki tegishli hujjatlarda belgilangan boshqa
hollarda, jumladan, kuryerlik xizmatini tartibga soluvchi hujjatlarda keltirilgan
hollarda.
Yuqoridagi kabi hollarda kuryer Buyurtmani Xaridorga bermaganida,
Buyurtma Sotivchiga qaytariladi va bekor qilinadi. Bunda Kuryer oldindan
yetkazib berish muddatlari va joyini kelishib oladi.
5.10. Buyurtmani qabul qilish vaqtida Xaridor Buyurtmani to’liq yoki qisman
rad etishi mumkin. Buyurtma to’liq yoki qisman bekor qilingan hollarda,
Xaridor Buyurtma blankasi va ilova qilingan hujjatga imzo chekishga va uni
kuryerga taqdim qilishga majburdir. Xaridor Buyurtmani to’liq yoki qisman rad
etganida, Buyurtma kuryer tomonidan Sotuvchiga qaytariladi va Sotuvchi, o’z
o’rnida Buyurtmani to’liq yoki qisman bekor qiladi.
5.11. Tovarni eltib berish sharti bilan sotib olish Xaridorga Tovar yuzasidan
kafolat muddati ichida xizmat ko’rsatish, uni o’zgartirib berish yoki qaytarish
zarurati tug’ilgan kezlarda Tovarni eltib berishni talab qilish huquqini bermaydi.
Tovarni eltib berish sharti bilan harid qilishda Tovarni yetkazib berish haqqi
qaytarib berilmaydi, hattoki Sotuvchi Xaridorga Tovar haqqini qaytarib berishi
kerak bo’lgan hollarda ham.
Buyurtma bekor qilinganida kuryer haqqi
Xaridordan olinadi.
5.12. Xaridorga kuryer tomonidan Buyurtma berilgan va Buyurtma eltib
berilganligi to’risidagi hujjatlarga
(Buyurtma blankasi, ilova qilingan hujjat)
tegishli imzolar chekilgan paytdan boshlab Tovarning behosdan buzilishi yoki
unga shikast yetish havfi Xaridor zimmasiga yuklanadi.
6. Buyurtmani bekor qilish. Tovarni qaytarish va almashtirish
6.1. Agarda Tovar xususiyatlari, sifati va soniga ko’ra Buyurtmadagi Tovarga
mos kelmasa, Xaridor Tovarni qabul qilish vaqtida uni rad etishi mumkin.
6.2. Xaridor Buyurtmani qabul qilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida sifati
yomon bo’lgan Tovarni qaytarib berish huquqiga ega.
6.3. Tovar faqatgina kuryerlik kompaniyasi orqali qaytarilishi mumkin.
6.4. Xaridor tomonidan qaytarilgan Tovar uchun to’langan qiymat Xaridorning
“23120” tranzit raqamli bank hisobiga o’tkazib beriladi. Bunda bank hisob
raqami Xaridor tomonidan Tovarni qaytarsh talabnomasida ko’rsatiladi.
6.6. Agarda Tovar ma’lum alohida xususiyatlarga ega bo’lsa, hamda u
faqatgina Xaridor tomonidan qo’llashga yaroqli bo’lsa, Tovar qaytarib
olinmaydi.
6.7. Tovar masofadan turib sotib olinishini hisobga olgan holda, sifatli Tovar
shunga o’xshash boshqa rangdagi, fasondagi Tovarga o’zgartirilib berilmaydi.
6.8. Tovarni qayatarib berish va almashtirish Tovarni qabul qilish, almashtirish
va qaytarish Tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Da’vo talablarini bildirish
7.1. Agarda Tovar Xaridorga Shartnomada ko’rsatilgan Tovar soni,
assortimenti, sifati, to’liq emasligiga ko’ra Xaridor Tovarni rad qilishi mumkin.
Tovarni qabul qilgandan va Buyurtma blankasi imzolanganidan so’ng Sayt
tomonidan da’vo talablari qabul qilinmaydi;
7.2. Agarda kafolat muddati ichida Tovarning kamchiliklari yuzaga chiqqan
bo’lsa, Xaridor Axborot vositasi (Sayt)ga nisbatan da’vo talabini berishga
haqli.
7.3. Tovar Xaridorga eltib berilgan kundan boshlab 5 ish kuni o’tganidan so’ng
(kafolat muddati) Sotuvchi Tovarni qabul qilmaydi.
7.4. Agarda Tovar kamchiliklari yuzasidan baxslar kelib chiqqan hollarda,
Sotuvchi, Axborot vositasi (Sayt) yoki Xaridor Tovar ekspertizasini o’tkazish
huquqiga ega. Agarda Sotuvchi hisobidan o’tkazilgan ekspertiza xulosasiga
ko’ra Tovardagi kamchiliklar Sotuvchi
(ishlab chiqaruvchi)aybi bilan kelib
chiqmaganligi tasdiqlansa, Xaridor bunday ekspertiza harajatlarini qoplab
berishga majbur.
8. Javobgarlik
8.1. Saytda buyurtmani to’ldirishda Xaridor shunga rozilik beradiki, bunda
Sotuvchi tomonidan Buyurtmani qisman yoki to’liq bajarishning imkoni
bo’lmaganida, Xaridor Sotuvchidan majburiyatlarni bajara olmaganligi uchun
to’lov yoki boshqa jarima qiymatlarini talab qilish yoki buyurtmani
bajarmaganlik holatlari bilan bog’liq boshqa bir zararni qoplab berishni talab
qilish huquqiga ega emas. Bunda Shartnomada ko’zda tutilgan holatlar
istisnodir.
8.2. Qo’ldan boy berilgan foyda, ma’naviy zarar yoki Buyurtma bajarishni
kechiktirish, yohud uni bajarmaslik bilan bog’liq bo’lgan boshqa holatlar
yuzasidan bildirilgan da’vo talablari Axborot vositasi (Sayt) tomonidan qabul
qilinmaydi.
8.3. Axborot vositasi
(Sayt)ning Xaridor oldidagi javobgarligi Xaridor
tomonidan buyurtirilgan Tovar narxi bilan cheklangandir.
9. Boshqa shartlar
9.1. Xaridor Sotuvchiga taqdim etilgan o’zi, manzili haqidagi axborotlar,
hamda Tomonlar Tovarni sotishi va uning haqqini to’lashi uchun zarur bo’lgan
boshqa ma’lumotlarning to’griligiga javob beradi. Agarda Xaridor tomonidan
noto’g’ri ma’lumot berilganligi sababli Axborot vositasi
(Sayt) Buyurtmaga
yuzasidan o’z majburiyatlarni bajara olmasa, Sotuvchi Buyurtmani
bajarmaganlik uchun javobgar sanalmaydi. Tovarni qayta eltib berish, hamda
Sotuvchining boshqa harakatlari Tomonlar kelishuviga binoan, Xaridorga
tegishli harajatlarni qoplash majburiyati yuklatilganidan so’ng amalga
oshiriladi.
9.2. Xaridor mazkur Shartnoma shartlarini qabul qilishda, ushbu va Saytda
ko’rsatilgan boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.
10. Shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
10.1. Sotuvchi mazkur Shartnoma va Saytda chop etilgan boshqa istalgan
hujjatlardagi shartlarni Xaridor manfaatlariga zid bo’lmagan tarzda o’zgartirish
huquqiga ega. Bunda Sotuvchi eslatib o’tilgan hujjatlarga kiritilgan
o’zgartirishlar to’risida Xaridorni xabardor qilishga majbur emas. Ushbu
Shartnomaga kiritilgan barcha o’zgartirishlar Xaridor tomonidan majburiy
ravishda bajarilishi kerak. O’zgartirishlar Saytning asosiy sahifasida e’lon
qilingan paytdan boshlab uch kunlik muddat o’tishi bilan qabul qilingan
hisoblanadi. Xaridor tomonidan yangi tahrirdagi hujjatlar qabul qilinmagan
hollarda, u buyurtmani bekor qilishi va Sotuvchini buyurtma bekor qilinganligi
to’risida xabardor qilishi shart.
11. Baxslarni ko’rib chiqish
11.1. Axborot vositasi (Sayt) va Sotuvchi va Xaridor yuzaga kelgan barcha
baxs va kelishmovchiliklarni muzokara yo’li bilan hal qilish majburiyatini o’z
zimmasiga oladilar. Xaridor da’vo talablarini quyidagicha yuborishi mumkin:
- 93 541-75-64 telefon raqami yoki info@100k.uz elektron pochtasi orqali
11.2. Sotuvchi Xaridor da’vo talabini da’voni olgan kundan boshlab 10 ish kuni
ichida o’rganib chiqadi.
11.3. Baxsni muzokara yo’li bilan hal qilishning imkoni bo’lmaganda, u Axborot
vositasi
(Sayt) yoki Sotuvchi joylashgan joydagi sud tomonidan ko’rib
chiqiladi.
12. Intellektual mulk
12.1. Xaridor shuni qabul qiladikim, barcha savdo belgilari, nomlar, patentlar,
mualliflik huquqlari, ma’lumotlar bazasi, ro’yhatga olingan va olinmagan
obyektlarga nisbatan barcha huquqlar, Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab
chiqaruvchilariga, yohud Internet-do’kon egalariga tegishlidir.
12.2. Xaridor Axborot vositasi (Sayt)ga, Sotuvchiga, yoki Tovarning ishlab
chiqaruvchilariga, yohud Internet-do’kon egalariga tegishli bo’lgan intellektual
huquqlarni ro’yhatdan o’tkazish yoki ulardan foydalanish huquqiga ega emas.
12.3. Saytdagi barcha matnli axborotlar va grafik rasmlar Sotuvchi, Tovar
ishlab chiqaruvchilari yoki Internet-do’kon egalarining mulki hisoblanadi.
Mazkur axborotlardan foydalanish mualliflik huquqini himoya qilish to’risidagi
qonunchilik bilan ta’qib qilinadi.
12.4. Saytdagi materiallarni qayta bosmadan chiqarish, ularni ko’chirish va
tarqatish faqatgina Sotuvchining yozma ruhsati bilan amalga oshiriladi.
13. Mahfiylik
13.1. Buyurtma berish yoki Saytda ro’yhatdan o’tishda Xaridor tegishli
formalarni to’ldiradi va quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi: ism-sharif, kontakt
aloqa raqamlari, e-mail, Buyurtmani eltib berish manzili.
13.4. Axborot vositasi (Sayt), Sotuvchi va Axborot vositachisi(Admin) Xaridor
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning havfsizligini ta’minlash va shaxsiy
ma’lumotlarni himoya qilish to’risidagi qonunchilikka binoan ularni maxviylikda
saqlashga majburdirlar.
13.5. Xaridor shunga rozilik bildiradikim, bunda Sotuvchi buyurtmada Xaridor
tomonidan ko’rsatilgan elektron pochta manziliga turli xil axborot va reklama
xabarlarini yuborishi mumkin. Xaridor bu kabi xabarlarni olishdan bosh tortishi
va bunda sabablarni ko’rsatmaslik huquqiga ega. Tegishli Buyurtma yoki unga
ishlov berish to’g’risidagi xabarlar Xaridor tomonidan rad etilishi mumkin
emas.
+998 93 5417564 info@100k.uz