Hazrati Abu Bakr - Bolalar uchun, Vali Karanfil

65,000 so'm

Buyurtma berish

Mahsulot narxi: 65,000 so'm

Yetqazib berish summasi manzilingizga ko'ra 20000 so'mdan boshlanadi.

Insoniyat tarixi buyuk shaxsiyatlar haqidagi dostonlarga to‘la. Insoniyatga yo‘l ko‘rsatib kelgan bu yo‘lchi yulduzlar ham inson bo‘lgan.

Insoniylik cho‘qqisi deb taʼriflanishi mumkin bo‘lgan kimsalar odam degan nomga dog‘ tushirayotgan, dunyoni yashab bo‘lmaydigan holga keltirayotgan bir paytda baʼzi davrlarda Alloh yuborgan payg‘ambarlar, baʼzi paytlarda esa ularning izdoshlari bo‘lgan solih insonlar asi vazifalarini bajarishga, olamni obod qilishga, go‘zallashtirishga, insonlarga ravon yo‘llarni, yaxshilik va saodatni ko‘rsatishga, anglatishga, ularni va dunyoni yomonliklardan, chirkinliklardan, turli ko‘ngilsizliklardan tozalashga intilganlar.

Ushbu turkum ostidagi asarlarimizda, xususan, qo‘lingizdagi kitobimizda mana shunday insoniyat gultoji bo‘lgan zotlardan bo‘lgan, Payg‘ambarimizning to‘rt xalifalari sanalgan xulofoyi roshidinlar, shuningdek, o‘z davrining eng ulug‘laridan bo‘lmish Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, hoji Bektoshi Valiy va ularning izidan yurganlar haqida so‘z boradi.

Dunyomizdagi yaxshiliklar va go‘zalliklar sonining ortishiga xizmat qiladigan shaxslar soni ko‘payaversin degan tilak bilan sizga mutolaa jarayoni maroqli o‘tsin deymiz.

Agar ushbu kitobdan biror foyda ololsangiz Alloh taolodan, qandaydir qusurlari bo‘lsa kamina xodimingizdan deb biling.

Salom va duo bilan

Vali Karanfil

Mijozlar tomonidan qoldirilgan izohlar



    Ushbu mahsulotga izohlar hali qoldirilmagan.