Haqiqiy mo'jiza o'zingga ishonmoqdir, Ethem Emin Nemutlu

89,000 so'm

Buyurtma berish

Mahsulot narxi: 89,000 so'm

Yetqazib berish narxi: 30,000 so'm

Haqiqiy mo'jiza o'zingga ishonmoqdir

Muvaffaqiyatsizlikdan aslo qo‘rqma. Aslida, kelasi yil ham hozir turgan joyingda bo‘lishdan qo‘rq! Kechagi kunni unut, u o‘tdi ketdi. Qo‘lingda butun boshli bugun bor, uning qadrini bil va hech bir ishni ertaga qoldirma!

"Ha, bugungi ishni zinhor ertaga qoldirma. Chunki erta ham keladi, ammo sen ertaga yetib borolmasliging mumkin!"

Shuni unutmaki, boshdan kechirilgan bir on, xayoldagina qolgan sarobdan ancha yaxshidir! Vaqti keldi. Bugun - aynan o‘sha kun!

Ayolmisan, erkakmisan, bolamisan, bu meni qiziqtirmaydi! O‘rningdan tur va harakatga tush!

Ortga suraverishdan voz kech, jasoratlan endi. Chunki hayot orqaga suriladigan darajada uzun emas, do‘stim. Shunday ekan, dam shu damdir - buguningga egalik qil!


Men ham sevdim!

Ishqni anglash uchun uni bilishning o'zi yetmaydi, uni qalbdan joy berish orqali anglash mumkin, xolos. Ha, qalbni ishqqa topshirish lozim! Xo'sh, qaysi so'z olovning qanday yonishini anglata oladi? Olovni anglatish uchun u bilan birga yonmoq kerak. O'zingizni olovning hukmiga topshir- mog'ingiz lozim! Ishqda taslim bo'lmoq lozim va o'zingiz uchun nimalarnidir ko'zla- masligingiz lozim! Ishqdan javob kutilmaydi, mukofot kutilmaydi. Ishqdan hech narsa kutilmaydi. Ishqdan biror manfaat izlasangiz, topolmaysiz, ammo nadomat cheki- shingiz aniq... Ishqqa taslim bo'lmasangiz, azob chekasiz. Negaki ishqda siz yo'qsiz, faqatgina ishqning o'zi bor! O'zingizni tamomila ishqning hukmiga topshiring, yoning, qovuriling. Yo'qsa, ishq haqida qanday gapira olasiz? Yo'qsa, qanday qilib "Men ham sevdim", deya olasiz?

"Men ham sevdim" kitobidan