Baqirmaydigan bolalar - Xadicha Kubro Tongar
- Assalomu alaykum onajonim, Bu men, farzandingizman.
- "Kim ekanligingni shundoq ham bilaman demang, chunki biz hali hanuz yaqindan tanishmiz, deb o'ylamayman.
- Menimcha, meni tanish uchun yetarlicha harakat qilmadingiz?
- Agar bir-birimizni taniganimizda, yig'lagan, oʻjarlik qilgan, qo'rqib jahl qilgan paytimda sizga nimanidir tushuntirishga urinayotganimni sezgan bo'lardingiz.
- Siz mening harakatlarimga emas, balki ularning asl sababiga e'tibor qaratgan bo'lardingiz.
- Shunda "u meni xafa qilish uchun shunday qilyapti", "faqatgina meni g'ashimga tegmoqchi bo'lyapti, deb o'ylamagan bo'lardingiz.
- Mening har bir hatti-harakatimning ortida ma'lum bir ehtiyoj borligini his qilardingiz.
- Mana bugun siz bilan tanishish istagida ushbu kitobni qo'llaringizga tutqazyapman.
- Meni taniganingizdan so'ng sevgingiz ortishini his qilyapman.
- Kelajak sari qadam qo'yganimda qo'llab-quvvatlashingizni, qo'limdan tutishingizni, hayotim yo'llarini siz bilan birgalikda bosib o'tishni istayapman.
- Sizni bor fazilatlaringiz, kamchiliklaringiz bilan juda-juda yaxshi ko'raman